`Oliy ta`limda inson va sun`iy intellekt hamkorligi: ta`lim kelajagi` mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

SONLI USULLAR BOʻYICHA ILMIY TADQIQOTDA INSON VA SUNʼIY INTELLEKT HAMKORLIGI: KOSHI TIPIDAGI SINGULYAR INTEGRALLAR UCHUN OPTIMAL KVADRATUR FORMULA MISOLIDA

Mualliflar

Aliyev Shoxjaxon Eshdavlatovich


Annotatsiya
Maqolada sonli usullar sohasidagi ilmiy tadqiqotda tadqiqotchi va sunʼiy intellekt (SI) yordamchisining hamkorligi aniq masala – Koshi tipidagi singulyar integrallar uchun Sard maʼnosidagi optimal kvadratur formulani sonli amalga oshirish misolida tahlil qilingan. Vazifalar taqsimoti va SI natijalarini mustaqil tekshirish bayonnomasi taklif etilgan. Hamkorlik natijasida hol uchun murakkablikdagi algoritm olingan; u chiziqli sistemaning to`g`ridan-to`g`ri yechimi bilan aniqlikda mos keladi va yupqa profil sirtidagi bosim koeffitsiyentini hisoblashga qo`llangan. Tekshiruv SI tayyorlagan loyihadagi hamda avvalgi matndagi noaniqliklarni aniqlash imkonini bergan. Magistratura va doktoranturada SIdan foydalanish bo`yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar:
sunʼiy intellekt, inson va SI hamkorligi, ilmiy tadqiqot, natijalarni tekshirish, sonli usullar, optimal kvadratur formula, Koshi tipidagi singulyar integral, akademik halollik.