TARIXIY-ME’MORIY OBIDALARNING DEKORATIV ELEMENTLARINI RAQAMLI KATALOGLASH VA AUTENTIKLIKNI HUJJATLASHTIRISH
Mualliflar
Ismoilova Moxigul Baxtiyar qizi
Annotatsiya
Tezisda tarixiy-me`moriy obidalardagi bezak elementlarini raqamli kataloglashning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritiladi. Koshinkorlik, ganch o`ymakorligi, yog`och o`ymakorligi, geometrik va o`simliksimon naqshlar obidaning badiiy qiyofasi bilan birga uning tarixiy qatlamlari haqida ham ma`lumot beradi. Dekorativ elementlarni tasniflash, foto-fiksatsiya qilish va ular haqidagi ma`lumotlarni raqamli model bilan bog`lash orqali restavratsiya hamda qiyosiy me`moriy tadqiqotlar uchun tizimli ma`lumot bazasini yaratish mumkin.
Kalit soʻzlar:
dekorativ element, me’moriy bezak, raqamli katalog, asl holat (autentiklik), HBIM, koshinkorlik san’ati, ganch o‘ymakorligi, restavratsiya.