SOLIQ SALOHIYATINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA METODOLOGIK ASOSLARI
Mualliflar
Ziyotov Mirobid Ergashovich
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda soliq salohiyatini baholashning nazariy asoslari, uning iqtisodiy mazmuni va zamonaviy metodologik yondashuvlari tadqiq etilgan. Soliq salohiyatini aniqlashda soliq bazasini baholash, iqtisodiy ko`rsatkichlarga asoslangan ekonometrik usullar, vakillik soliq tizimi (Representative Tax System — RTS) hamda fiskal salohiyat indeksidan foydalanish imkoniyatlari ko`rib chiqilgan. Shuningdek, soliq salohiyati (Tax Capacity), soliq sa`y-harakati (Tax Effort) va soliq tafovuti (Tax Gap) tushunchalarining o`zaro farqlari yoritilgan. Turli metodologik yondashuvlarning afzalliklari va cheklovlari qiyosiy tahlil qilinib, soliq salohiyatini baholashda mamlakatning iqtisodiy tarkibi, institutsional sharoitlari va soliq ma`murchiligi xususiyatlarini hisobga olish zarurligi asoslangan. Tadqiqot natijalari soliq tushumlarini prognozlash, fiskal imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda soliq siyosatini takomillashtirish bo`yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
soliq salohiyati, soliq bazasi, fiskal salohiyat, soliq tushumlari, soliq yuki, soliq sa’y-harakati, soliq tafovuti, vakillik soliq tizimi, ekonometrik modellashtirish, soliq ma’murchiligi, fiskal siyosat, soliq tushumlarini prognozlash.