`Oliy ta`limda inson va sun`iy intellekt hamkorligi: ta`lim kelajagi` mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

GERMANIYA VA JANUBIY KAREYADA OLIY TA’LIMNI MOLIYALASHTIRISH SIYOSATI

Mualliflar

Qurbonov Baxromjon Baxtiyor o‘g‘li


Annotatsiya
Mazkur maqolada Germaniya va Janubiy Koreyada oliy ta`limni moliyalashtirish siyosatining o`ziga xos xususiyatlari, asosiy moliyaviy manbalari va ta`lim tizimini rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Germaniyada davlat va hududiy hukumatlar tomonidan moliyalashtirish, ilmiy grantlar hamda universitetlar va sanoat korxonalari o`rtasidagi hamkorlik masalalari yoritilgan. Janubiy Koreyada esa davlat grantlari, talabalar kontrakt to`lovlari, ilmiy tadqiqotlarni qo`llab-quvvatlash dasturlari va xususiy sektor ishtirokining ahamiyati ko`rib chiqilgan. Shuningdek, har ikki mamlakat tajribasi asosida oliy ta`limni moliyalashtirishda davlat ko`magi, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, innovatsiyalarni rag`batlantirish va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishning ahamiyati ochib berilgan.
Kalit soʻzlar:
oliy ta’lim, moliyalashtirish siyosati, Germaniya, Janubiy Koreya, davlat budjeti, davlat grantlari, kontrakt to‘lovlari, ilmiy tadqiqotlar, xususiy sektor, universitetlar, sanoat hamkorligi, innovatsiyalar, inson kapitali, moliyaviy barqarorlik, natijaga asoslangan moliyalashtirish.