`Innovatsion yondashuvlar va pedagogik nazariya amaliyoti: ta`lim sifatini oshirish istiqbollari` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

OLIY TA’LIMNINI MOLIYALASHTIRISH MODELLARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mualliflar

Qurbonov Baxromjon Baxtiyor o‘g‘li


Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda oliy ta`limni moliyalashtirishning asosiy modellari, ularning o`ziga xos xususiyatlari va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari yoritilgan. Davlat budjeti, grantlar, kontrakt to`lovlari, ta`lim kreditlari, xususiy sektor investitsiyalari hamda ilmiy tadqiqotlar asosida moliyalashtirish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, ta`lim vaucherlari, daromadga bog`langan kontrakt to`lovlari, natijaga asoslangan moliyalashtirish va ijtimoiy ta`sir investitsiyalari kabi innovatsion modellar ko`rib chiqilgan. Oliy ta`limni moliyalashtirishda moliyaviy barqarorlikni ta`minlash, ijtimoiy tenglikni mustahkamlash va ta`lim samaradorligini oshirishda turli moliyalashtirish modellarini uyg`unlashtirishning ahamiyati asoslangan.
Kalit soʻzlar:
oliy ta’lim, ta’limni moliyalashtirish, moliyalashtirish modellari, davlat budjeti, ta’lim grantlari, kontrakt to‘lovlari, ta’lim kreditlari, inson kapitali, ta’lim vaucherlari, natijaga asoslangan moliyalashtirish, xususiy investitsiyalar, moliyaviy barqarorlik, ijtimoiy tenglik.