PISKENT TUMANINING GEOGRAFIK O’RNI VA TABIIY RESURSLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Mualliflar
Asabayeva Zilolaxon Saydolimovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada Toshkent viloyatining janubiy qismida joylashgan Piskent tumanining geografik o`rni, tabiiy sharoiti va resurs salohiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda tumanning ma`muriy-geografik joylashuvi, relyefi, iqlim sharoiti, tuproq qoplami hamda suv resurslarining hudud xo`jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, sug`oriladigan yerlar va yaylovlardan foydalanish, dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish, bog`dorchilik va uzumchilikni kengaytirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda mahalliy xom ashyoni qayta ishlash imkoniyatlari ko`rib chiqilgan. Piskent tumanining tabiiy-geografik xususiyatlari uning qishloq xo`jaligi, sanoat va turizm yo`nalishlarini kompleks rivojlantirish uchun muayyan imkoniyatlarga ega ekanligini ko`rsatadi. Maqolada tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, suv resurslarini tejash, yaylovlardan me`yorida foydalanish hamda hududning tabiiy va turistik salohiyatini rivojlantirish bo`yicha amaliy yo`nalishlar asoslab berilgan.
Kalit soʻzlar:
geografik o’rin, tabiiy resurslar, tabiiy sharoit, Qurama tog’ tizmasi, Ohangaron daryosi, tuproq qoplami, suv resurslari, sug’oriladigan yerlar, yaylovlar, qishloq xo’jaligi, chorvachilik, bog’dorchilik, turizm salohiyati