`Oliy ta`limda inson va sun`iy intellekt hamkorligi: ta`lim kelajagi` mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN INDIVIDUAL TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI

Mualliflar

D.A. Dadaboyeva


Annotatsiya
Mazkur maqolada sun`iy intellekt texnologiyalari asosida alohida ta`lim ehtiyojlari bo`lgan bolalar uchun individual ta`limni tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari va metodik asoslari yoritilgan. Ta`lim jarayonida sun`iy intellekt vositalaridan foydalanish orqali bolalarning individual xususiyatlari, ta`lim olish imkoniyatlari va rivojlanish ehtiyojlarini hisobga olish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, moslashtirilgan o`quv materiallarini ishlab chiqish, ta`lim topshiriqlarini individuallashtirish hamda pedagogik qo`llab-quvvatlash samaradorligini oshirishda sun`iy intellektning ahamiyati asoslangan. Maqolada maxsus va inklyuziv ta`lim amaliyotida sun`iy intellektdan foydalanishning istiqbollari hamda mavjud muammolar yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit soʻzlar:
sun’iy intellekt, maxsus pedagogika, alohida ta’lim ehtiyojlari, individual ta’lim, inklyuziv ta’lim, raqamli texnologiyalar, ta’limni individuallashtirish, moslashtirilgan ta’lim, pedagogik qo‘llab-quvvatlash.