`Yangi O`zbekistonda `Ota-onalar universiteti`ning tarbiyaviy funksiyalarini kengaytirish mexanizmlari: muammolar va yechimlar` mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

MAHALLA INSTITUTINING O‘QUVCHILARDA IJTIMOIY MAS’ULIYATNI SHAKLLANTIRISHDAGI TARBIYAVIY IMKONIYATLARI

Mualliflar

Uzakov Arslon


Annotatsiya
Tezisda mahalla institutining umumta`lim maktablari o`quvchilarida ijtimoiy mas`uliyatni shakllantirishdagi tarbiyaviy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mahallaning tarixiy-madaniy an`analari, amaldagi huquqiy maqomi va `Mahalla yettiligi` tizimi asosida uning oltita tarbiyaviy funksiyasi ajratiladi. Mahallaning o`quvchiga mas`uliyatli harakat uchun real ijtimoiy maydon berishi uning asosiy pedagogik afzalligi ekani, nazorat funksiyasining ustunligi esa asosiy xavf ekani ko`rsatiladi. Imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish uchun o`quvchilarning mahalla loyihalarida subyekt sifatida ishtiroki, mahalla faoliyatini maktab fanlari va refleksiya bilan bog`lash hamda maktab hisobotini o`quvchilardagi o`zgarishlarga yo`naltirish shartlari taklif etiladi. Natijalar maktab rahbariyati, sinf rahbarlari va mahalla faollari faoliyatida qo`llanishi mumkin.
Kalit soʻzlar:
mahalla; ijtimoiy mas’uliyat; tarbiyaviy imkoniyat; hashar; “Mahalla yettiligi”; avlodlararo tarbiya