Annotatsiya
Mazkur maqolada Toshkent shahridagi turar joy me`morchiligida XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida yuz bergan badiiy tamoyillar o`zgarishi san`atshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida 1966-yildan 2010-yillargacha barpo etilgan turar joy binolarining me`moriy-tuzilmaviy xususiyatlari, tashqi fasadlaridagi monumental-badiiy bezaklar uchun qo`llanish imkoniyatlari hamda ularning shahar muhitidagi estetik ahamiyati o`rganiladi. Mazkur davr me`morchiligida keng qo`llanilgan mozaika va mahobatli san`at namunalari, keyingi bosqichlarda esa mural san`atining turar joy binolari fasadlarida shakllanishi va rivojlanishi bosqichma-bosqich tahlil qilinadi.