`O`zbekiston san`atshunosligida dolzarb masalalar: nazariya va amaliyot` mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

YANGI O’ZBEKISTON ME’MORCHILIGIDA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY USLUBDA BEZAKLARNING QO’LLANILISHI

Mualliflar

Xusnutdinova Fazilat Abdumananova


Annotatsiya
Mazkur maqolada O`zbekiston zamonaviy me`morchiligida milliy amaliy san`at an`analarining qayta talqin qilinishi yog`och o`ymakorligi misolida tahlil etiladi. Tadqiqotda yog`och o`ymakorligining tarixiy me`moriy muhitdagi vazifasi, an`anaviy naqsh va kompozitsiyalarning badiiy dizaynxususiyatlari hamda ularning zamonaviy interyer va eksteryer yechimlarida qo`llanish imkoniyatlari ko`rib chiqilgan. Asosiy e`tibor an`anaviy bezakni zamonaviy binoga mexanik ravishda ko`chirish emas, balki uning kompozitsion mantig`i, material bilan ishlash madaniyati va milliy obrazini yangi me`moriy sharoitda davom ettirish masalasiga qaratiladi. Yog`och o`ymakorligining Xiva, Qo`qon, Toshkent, Samarqand va Buxoro kabi hududlarda shakllangan mahalliy maktablari o`ziga xos badiiy usullari bilan ajralib turishi aniqlanadi. Tadqiqot davomida an`anaviy naqshlarning soddalashtirilishi, tabiiy yog`och fakturasining zamonaviy materiallar bilan uyg`unlashtirilishi, shuningdek, qo`l mehnati va yangi texnologiyalarning birgalikda qo`llanishi zamonaviy me`morchilikda milliylikni ifodalashning samarali yo`llaridan biri ekanligi asoslanadi. Natijada yog`och o`ymakorligi faqat bezak elementi emas, balki tarixiy xotira, madaniy davomiylik va zamonaviy milliy me`moriy qiyofani bog`lovchi badiiy vosita sifatida namoyon bo`lishi ta`kidlanadi.
Kalit soʻzlar:
zamonaviy me’morchilik, yog’och o’ymakorligi, milliy bezak, an’anaviy naqsh, zamonaviy dizayn, islimiy, pargori, bag’dodi, interyer, eksteryer, milliy identitet, amaliy san’at, madaniy meros.