RAQAMLI GRAFIKA DIZAYNINING GENEZISI VA NAZARIY KONSEPSIYALARI: JAHON DIZAYN TAJRIBASI KONTEKSTIDA
Mualliflar
Yusupova Nigora Vasikdjanovna
Annotatsiya
Maqolada raqamli grafika dizaynining genezisi jahon grafik dizayni tarixidagi uzluksiz transformatsiya jarayoni sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi raqamli grafika dizaynining paydo bo`lishini faqat kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi bilan cheklamasdan, yozuv va bosma madaniyat, sanoat davri vizual kommunikatsiyasi, modernistik tipografiya, tizimli dizayn, desktop publishing, tarmoq interfeyslari hamda algoritmik-generativ vositalar o`rtasidagi tarixiy-mantiqiy bog`liqlikni ochib berishdan iborat. Tarixiy-qiyosiy, formal-stilistik, tizimli va media-arxeologik yondashuvlar asosida raqamli grafika dizaynining olti bosqichli rivojlanish modeli taklif etiladi. Shuningdek, funksionalizm, grid tizimi, rang va idrok nazariyasi, semiotik-kommunikativ yondashuv, dasturiy dizayn hamda yangi media nazariyasi kabi konsepsiyalarning zamonaviy raqamli dizayn amaliyotiga ta`siri ko`rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida raqamli grafika dizayni texnologik vosita emas, balki vizual grammatika, mualliflik modeli, kommunikativ mantiq va media muhitining birgalikdagi o`zgarishidan tashkil topgan murakkab madaniy-estetik tizim sifatida izohlanadi.
Kalit soʻzlar:
raqamli grafika dizayni, grafik dizayn tarixi, vizual kommunikatsiya, tipografika, grid, Bauhaus, Swiss Style, yangi media, dasturiy dizayn, generativ dizayn.