XIX–XX ASRLARDA RUS BADIIY MAKTABLARINING SHAKLLANISHI VA USLUBIY TARAQQIYOTI
Mualliflar
Zarifova Dilfuza Omon qizi
Annotatsiya
Mazkur maqolada XIX–XX asrlarda rus badiiy maktablarining taraqqiyot bosqichlari hamda ularning rangtasvir amaliyotiga olib kirgan uslubiy yangiliklari ko`rib chiqiladi. Olib borilayotgan tadqiqotda akademik ta`lim an`analarining takomillashuvi, naturadan ishlashni o`rganish metodlari, chizmatasvir hamda rangtasvirning o`zaro aloqasi, kompozitsion tushunchaning shakllanishi va realistic yo`nalishning rivojlanish xususiyatlariga alohida e`tibor qaratiladi. Shu bilan bir qatorda XX asr boshlarida an`anaviy akademik tayyorgarlikning yangi badiiy oqimlar bilan aloqasi haqida yoritiladi va ushbu tadqiqotda badiiy maktablarning asosiy metodik tamoyillari talqin etiladi.
Kalit soʻzlar:
rus san’ati, badiiy maktab, akademik ta’lim, realizm, rangtasvir, chizmatasvir, kompozitsiya, etyud, naturadan ishlash, kolorit, “Передвижников”, badiiy metod, uslub.