`Zamonaviy ta`lim tizimida innovatsion rivojlanish va yangi avlod kompetensiyalari` mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya

MARK TVEN VA MUQIMIY HAJVIYOTIDA IJTIMOIY TANQIDNING BILVOSITA VA BEVOSITA IFODASI

Mualliflar

Saparniyazov Omirbek Nukusbaevich


Annotatsiya
Maqolada Mark Tven va Muqimiy ijodida ijtimoiy tanqidning badiiy ifodalanish yo`llari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilingan. Tvenning `Geklberri Finnning sarguzashtlari` romanidagi vaziyatli kinoya, parodiya, subtekst va bola hikoyachisi pozitsiyasi Muqimiyning `Tanobchilar`, `Saylov`, `Hapalak` va `Hayron qildi loy` kabi hajviy asarlaridagi ochiq muallif bahosi, mubolag`a, kontrast hamda xalqona nutq bilan qiyoslanadi. Tahlil har ikki ijodkor jamiyatdagi riyokorlik va adolatsizlikni fosh etishini, biroq tanqidni janr va milliy adabiy an`ana imkoniyatlariga ko`ra turlicha ifodalashini ko`rsatadi. O`xshashliklar bevosita adabiy ta`sir sifatida emas, tipologik mushtaraklik tarzida talqin qilinadi.
Kalit soʻzlar:
Mark Tven, Muqimiy, ijtimoiy tanqid, hajv, kinoya, parodiya, subtekst, muallif bahosi, qiyosiy-tipologik tahlil.