`Ta`lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirish: pedagogik shart-sharoitlar va innovatsion strategiyalar` mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI MENEJERLARINING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI TASHXISLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Mualliflar

Abdumo‘minova Lobar Abdujabbarovna


Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabgacha ta`lim tashkiloti menejerlarining intellektual salohiyatini tashxislashning pedagogik shart-sharoitlari, mazkur jarayonning mazmuni va uni samarali tashkil etish mexanizmlari yoritilgan. Menejerlarning tahliliy fikrlashi, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishi, boshqaruv faoliyatini rejalashtirishi, innovatsion yondashuvlardan foydalanishi hamda o`z faoliyatini refleksiv baholash qobiliyatlarini aniqlash masalalariga alohida e`tibor qaratilgan. Shuningdek, tashxislash jarayonida mezon va ko`rsatkichlarni belgilash, individual yondashuvni ta`minlash, psixologik-pedagogik qo`llab-quvvatlash, kasbiy rivojlanish muhitini yaratish va natijalarni boshqaruv amaliyotiga tatbiq etishning ahamiyati asoslangan. Maqolada maktabgacha ta`lim menejerlarining intellektual salohiyatini tizimli ravishda o`rganish va rivojlantirishga yo`naltirilgan pedagogik yondashuvlar bayon etilgan.
Kalit soʻzlar:
maktabgacha ta’lim tashkiloti, menejer, intellektual salohiyat, tashxislash, pedagogik shart-sharoitlar, boshqaruv kompetensiyasi, tahliliy fikrlash, refleksiya, kasbiy rivojlanish.