`Ta`lim jarayonida IT yechimlari orqali dual ta`limni raqamlashtirish va ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy bog`lanishning xalqaro tajribasi` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy online konferensiya

FRONT-END DASTURLASHNI O‘QITISHDA DUAL TA’LIM ELEMENTLARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BILAN INTEGRATSIYALASH

Mualliflar

Djuraboyev Maqsudbek Karimbek o‘g‘li, To‘xtayeva Robiya Ravshanbek qizi


Annotatsiya
Tezisda front-end dasturlashni o`qitish jarayoniga dual ta`lim elementlarini raqamli texnologiyalar yordamida joriy etish va uni IT korxonalaridagi ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyalash masalalari yoritilgan. Universitet – IT korxona – raqamli platforma uchligiga asoslangan integratsiya modeli taklif etilib, real buyurtmalar asosidagi loyihalar, Git/GitHub, vazifalarni boshqarish tizimlari va mentorlik vositalarining o`rni asoslangan. Mualliflarning tajriba-sinov natijalari amaliyotga yo`naltirilgan yondashuvning samaradorligini tasdiqlaydi.
Kalit soʻzlar:
dual ta’lim, front-end dasturlash, ishlab chiqarish amaliyoti, raqamli platforma, real loyiha, mentorlik, GitHub, IT korxona, kasbiy kompetensiya.