CHO‘LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ROMANIDA QARINDOSHLIK VA MUROJAAT LEKSIKASIGA OID DIALEKTIZMLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Mualliflar
Akramjonova Gulandom Ibroximjon qizi
Annotatsiya
Mazkur maqolada Cho`lponning `Kecha va kunduz` romanida qo`llangan qarindoshlik va murojaat leksikasiga oid dialektizmlarning semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, kelinbibi, katta ona, aya/ayam kabi hududiy birliklarning leksik-semantik tarkibi, qarindoshlik munosabatlarini ifodalash imkoniyatlari hamda badiiy matndagi funksional xususiyatlari yoritiladi. Ushbu birliklarning ma`no tarkibidagi hurmat, yaqinlik, yosh, oilaviy mavqe va ijtimoiy munosabat semalari kontekstual tahlil asosida ochib beriladi. Tahlil natijalari Cho`lpon nasrida qarindoshlik va murojaat leksikasiga oid dialektizmlar nafaqat hududiy nutq xususiyatlarini, balki oilaviy munosabatlarning ijtimoiy hamda emotsional jihatlarini ham ifodalovchi muhim badiiy-lisoniy vosita ekanini ko`rsatadi.
Kalit soʻzlar:
Cho‘lpon, “Kecha va kunduz”, dialektizm, qarindoshlik leksikasi, murojaat leksikasi, semantik tahlil, hududiy birlik, milliy-madaniy xususiyat, badiiy matn.