`Sun`iy intellekt va raqamli transformatsiya: ilmiy yondashuvlar va istiqbollar` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy simpozium

TA’LIM, ILM -FAN VA INDIVIDUAL TA’LIM TRAYEKTORIYASINI SHAKLLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING OʻRNI

Mualliflar

Sayidov Nozimjon Abdulnosirovich, Ahmadjonova Sevara Hasanboy qizi, Ergasheva Zulhumor Odiljon qizi


Annotatsiya
Ushbu maqolada ta`lim va ilm-fan sohalarida individual ta`lim trayektoriyasini shakllantirishda sun`iy intellekt texnologiyalarining o`rni, imkoniyatlari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta`lim jarayonida o`quvchi va talabalarning bilim darajasi, qiziqishlari, individual qobiliyatlari, ta`lim olish sur`ati hamda kasbiy maqsadlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shu sababli barcha ta`lim oluvchilarga yagona yondashuv asosida ta`lim berish kutilayotgan natijani har doim ham ta`minlamaydi. Individual ta`lim trayektoriyasi esa ta`lim mazmuni, metodlari, vositalari va baholash mezonlarini shaxsiy ehtiyojlarga moslashtirish imkonini beradi.
Kalit soʻzlar:
sun’iy intellekt, individual ta’lim, ta’lim trayektoriyasi, adaptiv ta’lim, mashinali o‘rganish, raqamli ta’lim, intellektual tutor, tavsiya tizimi, ta’lim analitikasi, shaxsiylashtirilgan ta’lim, kompetensiya, ilmiy faoliyat, raqamli pedagogika, ta’lim texnologiyalari.