`Sun`iy intellekt va raqamli transformatsiya: ilmiy yondashuvlar va istiqbollar` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy simpozium

KAM RESURSLI TILLAR UCHUN SUNʼIY INTELLEKT: OʻZBEK TILI MISOLIDA IMKONIYAT VA MUAMMOLAR

Mualliflar

Vohidova Barchinoy Baxtiyorovna


Annotatsiya
Ushbu maqolada sunʼiy intellekt texnologiyalarining kam resursli tillar, xususan o`zbek tili misolida qo`llanilishi tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, zamonaviy katta til modellari asosan yuqori resursli tillar – ingliz, xitoy, ispan va boshqalar – uchun optimallashtirilgan bo`lib, o`zbek kabi agglyutinativ, morfologik jihatdan boy tillar bu jarayonda orqada qolmoqda. Maqolaning maqsadi – o`zbek tili uchun sunʼiy intellekt va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sohasida yaratilgan mavjud resurslar, davlat siyosati chora-tadbirlari va texnik cheklovlarni tizimli tahlil qilish orqali sohaning imkoniyat va muammolarini aniqlash, shuningdek resurslarni bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun konseptual arxitektura taklif etishdan iborat. Tadqiqot tavsiflovchi-tahliliy metodologiyaga asoslanib, 2023–2026–yillar oralig`ida chop etilgan ilmiy manbalar hamda O`zbekiston Respublikasining rasmiy strategik hujjatlari o`rganildi. Natijalar shuni ko`rsatdiki, so`nggi yillarda BERTbek kabi o`zbek tiliga moslashtirilgan til modellari, davlat darajasidagi sunʼiy intellekt strategiyasi va xususiy sektordagi investitsiyalar sezilarli o`sish ko`rsatmoqda, biroq annotatsiyalangan korpuslarning yetishmasligi, morfologik murakkablik va yirik xalqaro modellarning o`zbek tilida grammatik xatolarga moyilligi kabi jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda. Shu asosda maqolada besh qatlamli lingvistik resurs arxitekturasi va o`nta bosqichdan iborat tsiklik rivojlantirish algoritmi shaklida konseptual model taklif etiladi. Maqola yakunida davlat, akademik muassasalar va xususiy sektor o`rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo`yicha aniq tavsiyalar taqdim etiladi.
Kalit soʻzlar:
sunʼiy intellekt, kam resursli tillar, oʻzbek tili, tabiiy tilni qayta ishlash, katta til modellari, raqamli transformatsiya, morfologik murakkablik, konseptual arxitektura, davlat siyosati.