`Sun`iy intellekt va raqamli transformatsiya: ilmiy yondashuvlar va istiqbollar` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy simpozium

KOʻP TILLI TERMINOLOGIK BAZALARNI AVTOMATIK YARATISH VA DEDUPLIKATSIYA: METODOLOGIYA VA NATIJALAR

Mualliflar

Vohidova Barchinoy Baxtiyor qizi


Annotatsiya
Ushbu maqolada ko`p tilli terminologik resurslarni avtomatik shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan dublikatlik muammosining nazariy-metodologik asoslari va ularning amaliy yechimi ko`rib chiqiladi. Zamonaviy ilmiy-texnik matnlarda, xususan o`zbek tilida, terminologik izchillikning yetishmasligi ilmiy kommunikatsiya sifatiga salbiy taʼsir ko`rsatishi, tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi. Maqolaning maqsadi – ko`p tilli terminologik resurslarni avtomatik shakllantirishda dublikat va parallel variantlarni aniqlashning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish hamda buni amaliyotda sinab ko`rishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi uch bosqichli modelga asoslanadi: terminlarni mavzuviy tasniflash, formal-semantik o`xshashlik va morfologik normalizatsiyaga asoslangan deduplikatsiya, hamda ekspert nazorati orqali tasdiqlash. Amaliy qism doirasida turli manbalardan yig`ilgan terminlar birlashtirilib, 22 ta mavzuviy kategoriyaga bo`lingan, o`zbek, ingliz, turk va rus tillarini qamrab oluvchi 927 termindan iborat ko`p tilli glossariy shakllantirildi hamda uni ko`rsatuvchi mustaqil web-interfeys yaratildi. Natijalar shuni ko`rsatadiki, faqat statistik-algoritmik mezonlarga asoslangan deduplikatsiya yetarli emas – morfologik normalizatsiya va ekspert nazoratini uyg`unlashtiruvchi gibrid model nazariy jihatdan asoslanganroq yechim hisoblanadi. Tadqiqot natijalari kam resursli va agglyutinativ tillar, jumladan o`zbek tili uchun terminologik standartlashtirish nazariyasini boyitishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
terminologiya, koʻp tillilik, deduplikatsiya, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), oʻzbek tili, terminologik standartlashtirish, kam resursli tillar, morfologik normalizatsiya.