`Zamonaviy ta`lim tizimida innovatsion rivojlanish va yangi avlod kompetensiyalari` mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya

TEXNIKA YO‘NALISHI TALABALARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA AMALIY MASHG‘ULOTLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI (TEXNIKA YO‘NALISHLARI MISOLIDA)

Mualliflar

Xalikova Nargiza Abduvaliyevna


Annotatsiya
Maqolada texnika yo`nalishlarida tahsil olayotgan talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda amaliy mashg`ulotlar samaradorligini oshirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Muhandislik ta`limida nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg`unlashtirish, talabalarning mustaqil ishlash, texnik jarayonlarni tahlil qilish, hisob-kitoblarni bajarish va kasbiy muammolarga yechim topish ko`nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etishda muammoli ta`lim, loyihaviy yondashuv, ishlab chiqarishga yo`naltirilgan topshiriqlar, kompyuter modellashtirish va refleksiv tahlildan foydalanish imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, amaliy mashg`ulotlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, bosqichlar va baholash mezonlari taklif etilgan. Ilmiy-metodik tavsiyalar texnika yo`nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga yo`naltirilgan.
Kalit soʻzlar:
muhandislik ta’limi, amaliy mashg‘ulot, kasbiy tayyorgarlik, texnik fanlar, o‘qitish metodikasi, muammoli ta’lim, loyihaviy yondashuv, mustaqil faoliyat, texnik tafakkur, raqamli texnologiyalar.