JEYN OSTIN ROMANLARIDA “YANGI AYOL” OBRAZINING POETIK SHAKLLANISHI
Mualliflar
Sharifjon Nematjonov Rustamjonovich
Annotatsiya
Mazkur konferensiya tezisida Jeyn Ostin romanlaridagi ayol obrazining an`anaviy sentimental qahramon modelidan intellektual va axloqiy jihatdan faol subyektga aylanish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqot K.L. Jonson, V. Kossi, N. Faxrshafai, J. Ramanatan va G. Azeredo qarashlarini qiyosiy o`rganishga tayangan holda gender stereotiplari, ayol sezgirligi, nikoh, ijtimoiy mavqe va shaxsiy tanlovning poetik vazifalarini yoritadi. Tezisda Ostinning `yangi ayol` modeli zamonaviy ma`nodagi mutlaq ozodlik emas, balki tarixiy cheklovlar doirasida o`z fikri, axloqiy hukmi va tanlov huquqini himoya qila oladigan badiiy shaxs sifatida talqin qilinadi. Qarama-qarshi ilmiy yondashuvlar asosida Ostin poetikasining progressiv va tarixan cheklangan tomonlari birgalikda baholanadi.
Kalit soʻzlar:
Jeyn Ostin, yangi ayol, ayol obrazi, gender stereotiplari, axloqiy avtonomiya, sezgirlik, nikoh, subyektlik, realizm.