TURK DUNYOSI MADANIY MEROSINI BOLALAR O‘YINGOHLARI DIZAYNIDA AKS ETTIRISHNING BADIIY IMKONIYATLARI
Mualliflar
Alyaminova Sevara Shavkatovna, Dosmetova Zuxra Shavkatovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada Turk dunyosi xalqlarining boy madaniy merosini zamonaviy bolalar o`yingohlari dizaynida qo`llashning badiiy imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida turkiy xalqlarning amaliy bezak san`ati, ornamentlari, folklor qahramonlari hamda me`moriy merosi elementlarini bolalar o`yin muhitiga integratsiya qilish imkoniyatlari tahlil qilindi. Natijalarga ko`ra, madaniy meros elementlarining o`yingohlarda qo`llanilishi bolalarning estetik didi, milliy identifikatsiyasi va madaniy xotirasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi aniqlandi.
Kalit soʻzlar:
Turk dunyosi, madaniy meros, amaliy bezak san’ati, bolalar o‘yingohi, dizayn, ornament, milliy identitet, estetik tarbiya.