`Turk dunyosi amaliy bezak san`ati: tarix zamonaviylik va kelajak istiqbollari` mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

O‘ZBEK TARIXIY-AFSONAVIY FILMLARI TASVIRIY YECHIMIDA AMALIY BEZAK SAN’ATI AN’ANALARINING TALQINI

Mualliflar

Jalolova Gulnoz Mannob qizi


Annotatsiya
Maqolada mustaqillik davri o`zbek kinosida yaratilgan tarixiy-afsonaviy filmlar – `Marg`iyona` (1997), `Alpomish` (2000) va `Elparvar` (2018) kinokartinalarining tasviriy yechimida turkiy xalqlar amaliy bezak san`ati an`analari: kulolchilik, zargarlik, kashtachilik, libos bezagi, devoriy rangtasvir va me`moriy dekor unsurlarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Kinorassom faoliyati amaliy san`at merosini audiovizual madaniyat vositasida aktuallashtirish jarayoni sifatida ko`rib chiqiladi. Dekoratsiya, kostyum va rekvizitning informativ, xarakterologik, ramziy-semantik hamda kompozitsion-koloristik vazifalari aniqlanib, tarixiy autentiklik bilan muallifona stilizatsiya o`rtasidagi muvozanat baholanadi.
Kalit soʻzlar:
amaliy bezak san’ati, kinorassom, tasviriy yechim, kinodekoratsiya, kino libosi, rekvizit, stilizatsiya, ornament, kolorit, Afrosiyob devoriy suratlari, tarixiy film.