RAQAMLI REKLAMA FOTOGRAFIYASIDA VIZUAL METAFORANI LOYIHALASH TAMOYILLARI
Mualliflar
Kabilov Fayzulla Alimovich, Ayupova Zulxumor Zoxir qizi
Annotatsiya
Maqolada reklama fotografiyasida vizual metafora yaratishning nazariy asoslari, badiiy-kompozitsion xususiyatlari va kompyuter-grafik usullari tahlil qilinadi. Fotomontaj, qatlamli kompozitsiya, obyektlarni transformatsiyalash, raqamli retush, rang korreksiyasi, 3D modellashtirish va sun`iy intellekt vositalarining metaforik obraz yaratishdagi imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, vizual metaforani ishlab chiqish bosqichlari hamda uni baholash mezonlari taklif etiladi.
Kalit soʻzlar:
reklama fotografiyasi, vizual metafora, kompyuter grafikasi, fotomontaj, vizual kommunikatsiya, raqamli retush, 3D modellashtirish, reklama dizayni.