AKBAR RAHIMOV IJODIDA
KULOLCHILIK VA XATTOTLIK SAN’ATINING
UYG‘UNLIGI - TARIXIY-EPIGRAFIK AN’ANALAR VA ZAMONAVIY TALQIN
Mualliflar
Maftuna Kalbayeva
Annotatsiya
Mazkur maqolada O`zbekiston amaliy bezak san`atining ikki muhim yo`nalishi kulolchilik va xattotlikning o`zaro munosabati Akbar Rahimov hamda Rahimovlar kulolchilik sulolasi ijodiy merosi doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sopol buyumlar yuzasida arab yozuvlarining badiiy bezak vositasiga aylanishi, epigrafik kompozitsiyalarning shakllanishi, yozuv va naqsh o`rtasidagi munosabat, shuningdek, tarixiy keramika namunalaridagi xattotlik an`analarining zamonaviy ijodda qayta talqin qilinishi masalalariga e`tibor qaratiladi. Afrosiyob, Somoniylar va Temuriylar davri keramikasi bilan bog`liq tarixiy-badiiy tajriba Rahimovlar sulolasi ijodiy izlanishlarini o`rganish uchun muhim kontekst sifatida ko`rib chiqiladi. Maqolada xattotlikning faqat matnni ifodalash vositasi emas, balki sopol buyumning kompozitsion tuzilishi, estetik ta`siri va madaniy mazmunini shakllantiruvchi badiiy unsur ekanligi asoslanadi.
Kalit soʻzlar:
Akbar Rahimov, Muhiddin Rahimov, xattotlik, kulolchilik, epigrafika, arab yozuvi, kufiy xati, islomiy san’at, Afrosiyob keramikasi, Somoniylar davri, Temuriylar davri, badiiy kompozitsiya, milliy meros.