QO‘G‘IRCHOQ TEATRIDA OBRAZ YARATISHNING BADIIY XUSUSIYATLARI
Mualliflar
Kobilova Feruza Nasrullayevna
Annotatsiya
Maqolada qo`g`irchoq teatrida badiiy obraz yaratishning tasviriy va sahnaviy vositalari tahlil qilinadi. Qo`g`irchoqning shakli, hajmi, rangi, materiali, tuzilishi va harakat imkoniyatlarining obraz yaratishdagi o`rni yoritiladi. Shuningdek, rassom, rejissyor va aktyor hamkorligining spektakl mazmunini ochib berishdagi ahamiyati ko`rib chiqiladi. O`zbek qo`g`irchoq teatri rassomlarining ijodiy izlanishlari, V. Akudin tomonidan yaratilgan qo`g`irchoq va dekoratsiyalar, sahna liboslari, ovoz va musiqaning badiiy obrazga ta`siri haqida fikr yuritiladi. Zamonaviy qo`g`irchoq teatrida raqamli texnologiyalar, interaktivlik va yangi sahnaviy yechimlardan foydalanish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida qo`g`irchoqning badiiy qiyofasi, texnik tuzilishi va aktyor ijrosi o`zaro uyg`unlashgandagina yaxlit va ta`sirchan sahnaviy obraz yuzaga kelishi asoslanadi..
Kalit soʻzlar:
o‘g‘irchoq teatri, badiiy obraz, scenografiya, qo‘g‘irchoq plastikasi, sahna bezagi, aktyor mahorati, kostyum, rang, simulyakr, dekonstruksiya, artefakt, interaktivlik, raqamli texnologiyalar, postmodernizm.