Annotatsiya
Mazkur maqolada AL-10325046633-sonli `UzSemCor: O`zbekcha yozma matnlarni SI orqali semantik takomillashtiruvchi platforma` mavzusidagi amaliy loyiha (2026-2027) doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning nazariy asoslari bayon qilingan. O`zbek tilidagi ko`p ma`noli leksik birliklarni kontekst asosida semantik jihatdan belgilash, ularning ma`no variantlarini farqlash hamda korpus ma`lumotlarini avtomatik va ekspert nazorati ostida semantik annotatsiyalashga mo`ljallangan UzSemCor semantik takomillashtiruvchi platformasini yaratishning nazariy asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotning nazariy-metodologik bazasini semantik korpus, WordNet tipidagi leksik-semantik tarmoqlar, Word Sense Disambiguation (WSD semantika, kontekstual embeddinglar, morfologik va sintaktik annotatsiya hamda inson–mashina hamkorligidagi korpus annotatsiyasini yaratish borasidagi dastlabki yondashuvlar tashkil etishi borasidagi fikrlar tahlilga tortilgan.