`Turk dunyosi amaliy bezak san`ati: tarix zamonaviylik va kelajak istiqbollari` mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

AMALIY BEZAK SAN‘ATINI RIVOJLANTIRISHDA KULOLCHILIK HUNARINING TA‘LIM TIZIMIDAGI O‘RNI

Mualliflar

Maxsudova Yodgoroy Raxparali qizi


Annotatsiya
Mazkur maqolada amaliy bezak san`atini ta`lim tizimida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, xususan, kulolchilik hunarining o`quvchilar ijodiy salohiyati, estetik tafakkuri va milliy-madaniy qadriyatlarga munosabatini shakllantirishdagi o`rni tahlil etiladi. Kulolchilik san`atining tarixiy taraqqiyoti, o`zbek milliy kulolchilik maktablarining o`ziga xos xususiyatlari hamda ushbu hunarni ta`lim jarayoniga integratsiya qilishning didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, amaliy mashg`ulotlar, loyiha asosida o`qitish, ustoz-shogird an`anasi va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati asoslab beriladi. Kulolchilik mashg`ulotlarini tizimli tashkil etish orqali o`quvchilarda ijodkorlik, estetik did, mehnatsevarlik, sabr-toqat va milliy madaniy merosga hurmat tuyg`ularini rivojlantirish imkoniyatlari ko`rsatib beriladi.
Kalit soʻzlar:
amaliy bezak san’ati, kulolchilik, milliy hunarmandchilik, estetik tarbiya, ijodiy faoliyat, pedagogik texnologiyalar, milliy qadriyatlar, kulolchilik maktablari, ustoz-shogird an’anasi.