`Turk dunyosi amaliy bezak san`ati: tarix zamonaviylik va kelajak istiqbollari` mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

KAMOLIDDIN BEHZODNING SHARQ MINIATYURASI RIVOJIDAGI RO’LI

Mualliflar

Mirsolihova Nigora Mirzafarovna


Annotatsiya
Mazkur maqolada Xuroson va O`rta Osiyo Uyg`onish davri san`atining yirik namoyandalaridan biri Kamoliddin Behzodning Sharq miniatyurasi rivojiga qo`shgan hissasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Rassom ijodining o`ziga xos xususiyatlari, kompozitsion yechimlari, ranglar uyg`unligi, inson obrazining psixologik talqini hamda kitob bezagi va portret san`atining takomillashuvidagi o`rni yoritiladi. Shuningdek, Behzod ijodida an`anaviy badiiy tamoyillarning yangi tasviriy imkoniyatlar bilan boyitilishi, uning ijodiy merosi va miniatyura maktabining keyingi davrlar san`atiga ta`siri ko`rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari Behzod ijodining Sharq tasviriy san`ati tarixidagi badiiy, estetik va madaniy ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
Kamoliddin Behzod, Sharq miniatyurasi, Xuroson, Hirot maktabi, Behzod maktabi, kitob illyustratsiyasi, portret, kompozitsiya, rangtasvir, estetik tafakkur.