`Turk dunyosi amaliy bezak san`ati: tarix zamonaviylik va kelajak istiqbollari` mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

RISHTON AN’ANAVIY KULOLCHILIK MAKTABIDA BADIIY AN’ANALARNI AVLODLARARO UZATISH MEXANIZMLARI

Mualliflar

Dilnoza Madaminovna Mo‘ydinova


Annotatsiya
Mazkur maqolada Rishton kulolchilik maktabida badiiy an`analarni avloddan avlodga uzatishning asosiy mexanizmlari san`atshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Usta-shogird munosabatlari, ustaxona muhiti, amaliy ko`rsatish va takrorlash, naqsh va rang tizimini o`zlashtirish hamda sirlash va pishirishga doir texnologik bilimlarning uzatilishi asosiy tadqiqot yo`nalishlari sifatida belgilandi. Tahlil shuni ko`rsatadiki, Rishton maktabining davomiyligi alohida shakl yoki bezaklarni mexanik takrorlash bilan emas, balki buyumni yaratishning yaxlit badiiy-texnologik tajribasini egallash orqali ta`minlanadi. Shu jihatdan usta-shogird tizimi mahalliy badiiy merosni saqlash va yangi avlod ijodida rivojlantirishning faol mexanizmi sifatida namoyon bo`ladi.
Kalit soʻzlar:
Rishton kulolchiligi, usta-shogird, badiiy an’ana, kulolchilik maktabi, ishqorli sir, naqsh, rang, ustaxona, hunarmandchilik.