`Turk dunyosi amaliy bezak san`ati: tarix zamonaviylik va kelajak istiqbollari` mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

RANGTASVIRDA MAKON VA VAQTNING BADIIY SINTEZI: VIZUAL OBRAZ, RAMZIYLIK VA KOMPOZITSION TAFAKKUR

Mualliflar

Muradqulova Mahliyohon G’ofurjon qizi


Annotatsiya
Mazkur maqolada rangtasvir san`atida makon va vaqtning badiiy sintezi, vizual obrazlarning ramziy mazmuni hamda kompozitsion tafakkurning tomoshabin idrokiga ta`siri tahlil qilinadi.Shuningdek tarixiy voqelikni zamonaviy badiiy tafakkur orqali qayta talqin qilish, o`tmish va bugungi kun o`rtasidagi ma`naviy-falsafiy bog`liqlikni tasviriy vositalar orqali ochib berishga qaratilgan. Asarda tarixiy obrazning badiiy talqini hokimiyat, inson tabiati, zulm va ma`naviy inqiroz kabi dolzarb masalalar haqida mushohada yuritishga undaydi. Makonning kompozitsion tashkil etilishi, ramziy belgilar, ranglar munosabati hamda vizual qarama-qarshiliklarning o`zaro aloqasi asarning g`oyaviy mazmunini shakllantiruvchi omillar sifatida o`rganiladi. Rangtasvirning nafaqat voqelikni tasvirlash, balki yashirin ma`nolarni ochish, tarixiy xotirani faollashtirish va tomoshabinni mustaqil fikrlashga chorlash imkoniyatlari yoritiladi. Maqolaning ahamiyati tarixiy mavzuning zamonaviy badiiy ifodasi orqali makon, vaqt va inson tafakkuri o`rtasidagi murakkab munosabatlarni ochib berish bilan belgilanadi.
Kalit soʻzlar:
rangtasvir, makon, vaqt, badiiy sintez, vizual obraz, ramziylik, kompozitsion tafakkur, tarixiy xotira, zamonaviy san’at, badiiy makon, falsafiy talqin, vizual idrok, tomoshabin tafakkuri.