AMALIY BEZAK SAN’ATI: MILLIY MEROS VA ZAMONAVIYLIK NATYURMORT JANRIDAGI ASARLAR TALQINI MISOLIDA
Mualliflar
Nazirova Nigora Abdumajitovna
Annotatsiya
Maqolada amaliy bezak san`ati milliy meros sifatida, uning zamonaviy tasviriy san`at, xususan natyurmort janridagi talqini tahlil qilinadi. Natyurmort buyum olamini badiiy idrok etishning ixcham shakli sifatida amaliy san`at merosining tasviriy `arxivi` va uni zamonaviy ma`noda qayta o`qish maydoni deb ko`riladi. O`zbek rassomlari ijodi (Sh.Hasanova, Usto Mumin, R.Ahmedov, A. Ikromjonov) misolida milliy merosning natyurmortda talqin etilishining uchta strategiyasi aniqlanadi: hujjatlashtiruvchi, stilistik-dekorativ va kontseptual-reflektiv. Tadqiqot natijalari meros va zamonaviylik munosabati ko`chirmadan dialogga o`tayotganini ko`rsatadi.
Kalit soʻzlar:
amaliy bezak san’ati, milliy meros, zamonaviylik, natyurmort, talqin, material madaniyat, ornament, an’ana, nomoddiy madaniy meros.