`Turk dunyosi amaliy bezak san`ati: tarix zamonaviylik va kelajak istiqbollari` mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

XIVA ANʼANAVIY UY-JOY MEʼMORCHILIGIDAGI MILLIY BEZAK ELEMENTLARINI ZAMONAVIY DIZAYNDA QOʻLLASH

Mualliflar

Qalandarova Sevinchoy Madraxim qizi


Annotatsiya
Ushbu maqolada Xiva anʼanaviy uy-joy meʼmorchiligiga xos milliy bezak elementlarining badiiy, estetik va amaliy xususiyatlari hamda ularni zamonaviy dizayn muhitida qo`llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xorazm meʼmorchiligida shakllangan yog`och o`ymakorligi, naqshinkor ustunlar, ayvonlar, ganch bezaklari, geometrik va o`simliksimon naqshlar milliy badiiy tafakkurning muhim ifodasi sifatida o`rganiladi. Shuningdek, anʼanaviy bezaklarni zamonaviy interyer, mebel va dekorativ buyumlar dizayniga moslashtirish tamoyillari yoritiladi.
Kalit soʻzlar:
Xiva, anʼanaviy uy-joy, milliy bezak, yogʻoch oʻymakorligi, islimiy naqsh, girih, ayvon, ganch, zamonaviy dizayn, interyer, milliy meros.