PAVEL BENKOV HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATINING ASOSIY BOSQICHLARI: XIX–XX ASRLAR RUS TASVIRIY SAN’ATI AN’ANALARINING RASSOM IJODIGA TA’SIRI
Mualliflar
Qayimova Sabina Olimovna
Annotatsiya
Maqolada Pavel Petrovich Benkov (1879-1949) hayoti va ijodiy faoliyati tarixiy-san`atshunoslik nuqtayi nazaridan o`rganilib, Qozon va Peterburgdagi kasbiy shakllanishi, Yevropa badiiy tajribasi, teatr-dekoratsiya ishlari hamda O`zbekiston, ayniqsa Samarqand davridagi ijodi o`zaro bog`liq jarayonlar sifatida tahlil qilinadi. Rus akademik-realistik maktabi, XIX asr oxiri plener rangtasviri va impressionistik rang sezgirligining Benkov asarlaridagi davomiyligi ochib beriladi. `Buxorodagi yopiq bozor`, `Xivalik qiz`, `Hovuz yonida suv tashuvchilar`, `Dutor tutgan qiz` va kechki Samarqand manzaralari kompozitsiya, yorug`lik, rang va ijtimoiy mazmun mezonlari bo`yicha qiyosiy ko`rib chiqiladi. Tadqiqot Benkovni tayyor uslubni ko`chirgan ijodkor emas, balki rus rangtasvir an`analarini mahalliy madaniy makon bilan ijodiy sintez qilgan rassom va pedagog sifatida talqin etadi.
Kalit soʻzlar:
Pavel Benkov, Qozon san’at maktabi, rus realizmi, impressionism, plener, Samarqand, rangtasvir, badiiy maktab.