AKMAL IKROMJONOV RANG TASVIRIDAGI RANGLAR UYG’UNLIGI VA OBRAZLARNING BADIIY IFODASI
Mualliflar
Rahmonova Iroda Iskandar qizi
Annotatsiya
Mazkur maqolada O`zbekiston rangtasvirida akademik rangtasvir maktabini an`analarini saqlagan holda, individual badiiy konsepsiyasiga ega bo`lgan zamonaviy rangtasvir yo`nalishlarida ijod qilayotgan rassomlar asarlarini o`rganiladi. Xususan zamonaviy badiiy jarayonni anglash va tahlil etishda Akmal Ikromjonov ijodining ahamiyati ilmiy jihatdan tadqiq etiladi. Mustaqillik davridagi rassomlar ijodida yuzaga kelgan erkin badiiy tafakkur, falsafiy mushohada, yangi plastik yechimlar, rang va shakllar xilma xilligi kabi muhim o`zgarishlar Akmal Ikromjonov asarlari misolida tahlil etilib, ularni zamonaviy milliy rangtasvir taraqqiyotidagi o`rnini ochib beradi.
Kalit soʻzlar:
badiiy tafakkur, yangi plastik yechimlar, asarlari misolida tahlil, ijodkorning rangtasvirdagi o’rni, rassom maktablari, professionalizm, ramziy obraz va shartli belgilar.