AFROSIYOB MUZEYIDA SAQLANAYOTGAN IX–X ASRLARGA OID SIRLANGAN SOPOL BUYUMLARNI TA’MIRLASH VA RESTAVRATSIYA QILISH MASALASI
Mualliflar
Raimqulov Mirzaqodir Raimqul o’g’li
Annotatsiya
Ushbu maqolada IX–X asrlarga oid, Samarqanddagi Afrosiyob muzeyida saqlanayotgan sirlangan sopol buyumlarni ta`mirlash va restavratsiya qilish masalalari yoritiladi. Mazkur davrga oid sopol buyumlar o`zining badiiy bezaklari, sir qatlami, shakliy xususiyatlari hamda ishlab chiqarish texnologiyasi bilan muhim tarixiy va madaniy ahamiyatga ega. Maqolada sopol buyumlarning saqlanish holatini o`rganish, ulardagi shikastlanish va yemirilish jarayonlarini aniqlash, sirlangan yuzalarning xususiyatlarini tahlil qilish hamda restavratsiya usullarini tanlash masalalariga e`tibor qaratiladi. Shuningdek, tarixiy ashyolarning asl ko`rinishi va moddiy tuzilishini saqlab qolish, zamonaviy konservatsiya tamoyillarini qo`llash hamda muzey eksponatlarining uzoq muddat saqlanishini ta`minlashning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari IX–X asrlarga oid sirlangan sopol buyumlarni ilmiy asosda saqlash, ta`mirlash va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit soʻzlar:
Afrosiyob muzeyi, IX–X asrlar, sirlangan sopol buyumlar, restavratsiya, konservatsiya, tarixiy-madaniy meros, sopol buyumlarni ta’mirlash, sir qatlami, shikastlanish, saqlash texnologiyasi, muzey eksponatlari.