BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DIDAKTIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA GENERATIV SUN’IY INTELLEKT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Mualliflar
Shabbazova Nodira Xamzayevna
Annotatsiya
Mazkur tezisda bo`lajak o`qituvchilarning didaktik ijodkorligini rivojlantirish jarayonida generativ sun`iy intellekt vositalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari va zarur shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Didaktik ijodkorlikning mazmuni, uning pedagogik faoliyatdagi o`rni hamda sun`iy intellekt texnologiyalari yordamida innovatsion o`quv topshiriqlari, ta`lim ssenariylari va baholash vositalarini loyihalash masalalari yoritiladi. Shuningdek, bo`lajak pedagoglarning texnologik-pedagogik kompetensiyalarini shakllantirish, mustaqil ijodiy faoliyatini rag`batlantirish, refleksiv yondashuvini rivojlantirish va sun`iy intellektdan mas`uliyatli foydalanishini ta`minlashga qaratilgan pedagogik shart-sharoitlar asoslanadi.
Kalit soʻzlar:
didaktik ijodkorlik, generativ sun’iy intellekt, bo‘lajak o‘qituvchi, pedagogik kompetensiya, innovatsion ta’lim, o‘quv topshiriqlarini loyihalash, refleksiya, raqamli pedagogika.