`XXI asrda tibbiyot turizmi: barqaror modellar va so`nggi amaliyotlar` III Xalqaro ilmiy–amaliy konferensiya

O‘ZBEKISTONDA VITILIGO BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING IJTIMOIY STIGMATIZATSIYASI VA PSIXOLOGIK MUAMMOLARI

Mualliflar

Mirsaidova M.A, Shayakubova J


Annotatsiya
Maqolada vitiligo bilan kasallangan bemorlarning ijtimoiy stigmatizatsiyasini yuzaga keltiruvchi omillar hamda uning psixosotsial oqibatlarini O`zbekiston Respublikasi sharoitida o`rganishning metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Mahalliy va xalqaro tadqiqotlarning qiyosiy tahlili asosida bevosita boshdan kechirilgan, kutilayotgan va ichkilashtirilgan stigmatizatsiya shakllari, shuningdek, mustaqil klinik ahamiyatga ega ko`rsatkich sifatida psixologik distress o`rtasidagi konseptual farqlar aniqlashtiriladi. Hayot sifatini baholashga yo`naltirilgan tadqiqotlar bilan bevosita stigmatizatsiyani o`lchashga qaratilgan ilmiy ishlar o`rtasidagi metodologik tafovutlar ko`rsatib beriladi. Bemorlarning psixosotsial zaifligini aniqlash va ularga differensial yondashuv asosida yordam ko`rsatishning konseptual modeli taklif etiladi. Mazkur model ijtimoiy omillarni, psixologik holatni hamda ixtisoslashtirilgan yordamga bo`lgan ehtiyojni kompleks baholashni nazarda tutadi. O`zbekistonda psixometrik vositalarni madaniy va lingvistik jihatdan moslashtirish, shuningdek, ko`p markazli tadqiqotlarni amalga oshirish zarurati asoslanadi.
Kalit soʻzlar:
vitiligo, ijtimoiy stigmatizatsiya, psixosotsial omillar, diskriminatsiya, psixologik distress, hayot sifati, psixodermatologiya, O‘zbekiston.