OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA CHET TILLARNI O‘QITISHDA DIZAYN-FIKRLASH METODI ORQALI TAKOMILLASHTIRISHNING TAJRIBA-SINOV JARAYONI
Mualliflar
Gulnoza Toshmuhammedova
Annotatsiya
Oliy ta`lim muassasalarida chet tillarini o`qitish jarayonida talabalar motivatsiyasining pasayishi, o`quv dasturlarining yetarlicha moslashuvchan emasligi va mashg`ulotlarda faol ishtirokning sustligi kabi muammolar uchraydi. Mazkur maqolada ushbu muammolarni kamaytirishda dizayn-fikrlash metodidan foydalanish imkoniyatlari ko`rib chiqiladi. Dizayn-fikrlash talabaning ehtiyojlarini tushunish, muammoni aniq belgilash, ijodiy yechimlar ishlab chiqish, ularni amaliyotda sinash va natijalarga qarab takomillashtirishga asoslangan yondashuvdir. O`zbekistonning uchta oliy ta`lim muassasasida ingliz tilini o`rganayotgan 120 nafar bakalavriat talabasi eksperimental va nazorat guruhlariga ajratilgan. Natijalar dizayn-fikrlash asosida ta`lim olgan guruhda til testlari natijasi 27 foizga, an`anaviy usuldan foydalangan guruhda esa 13 foizga oshganini ko`rsatadi. Eksperimental guruh ishtirokchilarining 84 foizi motivatsiya va darsdagi faolligi oshganini bildirgan; nazorat guruhida bu ko`rsatkich 52 foizni tashkil etgan. Ushbu natijalar dizayn-fikrlashni talaba markazidagi, hamkorlikka va amaliy muloqotga yo`naltirilgan ta`limni tashkil etishda qo`llash istiqbolli ekanini ko`rsatadi. Shu bilan birga, yondashuvni turli tillar, madaniy muhitlar va til bilish darajalarida yanada chuqurroq o`rganish zarur.
Kalit soʻzlar:
dizayn-fikrlash, chet tilini o‘qitish, oliy ta’lim, talaba markazidagi ta’lim, motivatsiya, hamkorlik, innovatsion pedagogika, til kompetensiyasi, faol o‘qitish.