`Ta`lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirish: pedagogik shart-sharoitlar va innovatsion strategiyalar` mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TA’LIM SIFATIGA TA’SIR ETUVCHI TASHKILIY-PEDAGOGIK OMILLAR: TASNIFI, TAHLILI VA BOSHQARUV MEXANIZMLARI

Mualliflar

Jo‘rayev Dilshod Rashidovich


Annotatsiya
Ushbu maqolada umumiy o`rta ta`lim maktablarida ta`lim sifatiga ta`sir etuvchi tashkiliy-pedagogik omillar tizimli tasniflangan, ularning ta`sir darajasi eksperimental ma`lumotlar asosida tahlil qilingan. Omillar ichki-tashqi, subyektiv-obyektiv, moddiy-texnik va kadrlarga oid mezonlar bo`yicha guruhlangan. Tadqiqot natijalari 2024-2025 o`quv yilida 10 ta maktab, 270 nafar pedagog va rahbar xodim, 300 nafar o`quvchi ishtirokidagi so`rovnoma va statistik tahlillarga asoslangan. Omillarning ta`lim sifatiga ta`sir kuchi regressiya tahlili yordamida aniqlangan bo`lib, eng kuchli ta`sir etuvchi omillar - rahbarning boshqaruv uslubi (β=0,42), o`qituvchilar motivatsiyasi (β=0,38), byurokratik yuklama (β=-0,35) va moddiy-texnik baza (β=0,29) ekanligi aniqlangan. Ushbu omillarni boshqarish bo`yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
tashkiliy-pedagogik omillar, ta’lim sifati, ichki-tashqi omillar, subyektiv-obyektiv omillar, moddiy-texnik omillar, kadrlar omillari, regressiya tahlili, boshqaruv mexanizmlari.