UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TA’LIM SIFATI MONITORINGI VA DIAGNOSTIK VOSITALAR TIZIMI
Mualliflar
Jo‘rayev Dilshod Rashidovich
Annotatsiya
Ushbu maqolada umumiy o`rta ta`lim maktablarida ta`lim sifatini boshqarish samaradorligini baholash uchun ishlab chiqilgan diagnostik vositalar tizimi va monitoring mexanizmlari yoritilgan. Muallif tomonidan 4 toifadagi respondentlar (rahbarlar, metodika birlashmalari raislari, pedagoglar, o`quvchilar) uchun moslashtirilgan so`rovnoma va testlar tavsiflanadi, ularning mazmuni, baholash mezonlari va statistik ishonchliligi asoslanadi. Taklif etilgan diagnostika majmui `sharoit - jarayon - natija` triadasini kompleks baholash imkonini beradi. Diagnostik vositalar 2024-2025 o`quv yilida 10 ta maktab, 270 nafar pedagog va rahbar xodim, 300 nafar o`quvchi ishtirokida sinovdan o`tkazilgan. Ularning ishonchliligi Kronbax alfa koeffitsienti (α=0,87) va test-qayta test usuli bilan tasdiqlangan.
Kalit soʻzlar:
diagnostik vositalar, monitoring, ta’lim sifati, so‘rovnoma, Likert shkalasi, kompetensiyaviy test, baholash mezonlari, maktab boshqaruvi.