ЭВОЛЮЦИЯ ОБРАЗА ОЗОРНИКА В УЗБЕКСКОЙ И АМЕРИКАНСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ XX ВЕКА
Mualliflar
Абдумуминова Махлиё Окмирза кизи, Хакназарова Шахло Анваржоновна
Annotatsiya
Maqola XX asr o`zbek va Amerika adabiy an`analarida arxetipik sho`x (trikster) obrazining evolyutsion rivojini qiyosiy tahlil qilishga bag`ishlangan. Tadqiqotda G`afur G`ulomning «Shum bola» qissasi materiali asosida, shuningdek, Tom Soyer obrazi va Amerika adabiyotidagi turli madaniy qatlamlarga mansub trikster obrazlari bilan qiyosiy taqqoslash orqali ushbu obrazning kelib chiqishi, funksiyalari, yoshga xos xususiyatlari, ambivalentligi hamda tarixiy kontekst bilan o`zaro munosabati tahlil qilinadi. Tadqiqotning nazariy asosini K. G. Yung va P. Radinning arxetip va trikster haqidagi konsepsiyalari, V. Tyornerning liminallik nazariyasi hamda U. Morganning Amerika adabiy an`analariga oid zamonaviy tadqiqotlari tashkil etadi. Xulosa qilib aytganda, trikster obrazida umumiy ijtimoiy-tanqidiy funksiya bilan bir qatorda, uning badiiy ifodasida milliy-tarixiy o`ziga xoslik ham namoyon bo`ladi.
Kalit soʻzlar:
trikster, sho‘x bola, arxetip, Qoravoy, «Shum bola», G‘afur G‘ulom, Tom Soyer, Amerika adabiyoti, o‘zbek adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik.