MARKAZIY OSIYO TARIXIY ME’MORIY NAQSHLARINI RHINO 3D VA GRASSHOPPER MUHITIDA PARAMETRIK MODELLASHTIRISH HAMDA ZAMONAVIY FASADGA INTEGRATSIYA QILISH
Mualliflar
Rasulova Lazizaxon Aziz qizi
Annotatsiya
Tezisda Markaziy Osiyo tarixiy me`moriy bezaklarining ikki ko`rinishi — takrorlanuvchi ko`k-oq geometrik koshin naqshi hamda yulduzsimon markaziy kompozitsiyaga ega naqsh — misolida raqamli rekonstruksiya va zamonaviy fasadga moslashtirish yondashuvi taklif etiladi. Tadqiqotning metodik asosi Rhinoceros 3D (Rhino) va vizual algoritmik modellashtirish muhiti Grasshopper hisoblanadi. Naqshlarning manba tasvirlari asosida kontur, simmetriya, modul va takrorlanish qoidalarini aniqlash; ularni parametrlar orqali boshqariladigan geometriyaga aylantirish; so`ngra fasad qismi yoki dekorativ panel sifatida sinash ko`zda tutiladi. Toshhovli saroyi naqshlari bo`yicha Rhino va Grasshopper ishlatilgan avvalgi tadqiqot mavjudligi sababli, ushbu ishning farqli jihati yangi dasturiy vositani qo`llashda emas, balki ikki turdagi naqshni amaliy fasad moduliga aylantirish metodikasini qiyoslashda belgilanadi.
Kalit soʻzlar:
Markaziy Osiyo me’morchiligi, tarixiy ornament, geometrik naqsh, Rhino 3D, Grasshopper, parametrik dizayn, fasad paneli, madaniy meros.