O‘ZBEK AMALIY SAN’ATI NA’MUNALARINING MILLIY RANGTASVIR ASARLARIDAGI BADIIY TALQINI
Mualliflar
Ravshanova Adibaxon Yodgorbek qizi
Annotatsiya
Mazkur maqolada o`zbek amaliy san`ati na`munalarining milliy rangtasvirchi rassomlarimiz ijodidagi badiiy ifodasi, ularning kompozitsion hamda konseptual yechimi, koloriti va plastik qurilishidagi o`ziga xos jihatlar tadqiq etilib, amaliy san`at elementlariga oid shakliy - estetik tamoyillarning dastgohli rangtasvir tizimi bilan uyg`unlashuvi atroflicha o`rganiladi. Kashtachilik, zardo`zlik, kulolchilik, hamda milliy amaliy san`atimizning boshqa turlariga tegishli bo`lgan unsurlarning kartinalardagi aksi, asarning badiiy - kompozitsion tugalligiga xizmat qilibgina qolmay, uning milliy identikligini oshirishga, o`zbekona ruh va madaniy xotiraning matoga muhrlanishiga asos bo`lgan omil sifatida ifoda etiladi. Tadqiqotning nazariy negizini tarixiy, qiyosiy, hamda formal - kompozitsion tahlil metodlari tashkil etadi.
Kalit soʻzlar:
o’zbek amaliy san’ati, milliy rangtasvir, milliy ruh,badiiy yechim, ornament, madaniy xotira.