`Turk dunyosi amaliy bezak san`ati: tarix zamonaviylik va kelajak istiqbollari` mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

XIVA ME’MORCHILIGIDA AMALIY SAN’ATNING SINTETIK UYG‘UNLIGI VA BADIIY-ESTETIK YAXLITLIGI

Mualliflar

Raximova Ruxiya


Annotatsiya
Mazkur maqolada Xiva me`moriy merosida amaliy bezak san`atining tutgan o`rni, tarixiy shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, shuningdek, uning tasviriy-ifodaviy hamda estetik xususiyatlari kompleks tarzda tahlil etiladi. Xiva tarixiy me`morchiligida yog`och o`ymakorligi, koshinkorlik, ganchkorlik va naqqoshlik kabi amaliy san`at turlarining me`moriy obyektlardagi fazoviy muhiti va bezak kompozitsiyasi haqida yoritiladi. Tarixiy obidalar misolida bezak elementlarining me`moriy yaxlitlikni ta`minlashdagi naqshlarning shakliy tuzilishi, ranglar uyg`unligi shuningdek, amaliy bezak san`atida namoyon bo`ladigan milliy badiiy an`analar, mahalliy ustalarning ijodiy xususiyatlari va an`anaviy bezash usullarining o`ziga xos jihatlari organilgan. Maqolada me`moriy inshootlarning qiyofasini shakllantiruvchi bezak vositalari muhim omil sifatida baholanib, uning Xiva madaniy merosining o`ziga xosligini ifodalash, tarixiy-badiiy qadriyatlarni saqlash hamda kelajak avlodlarga yetkazishdagi ahamiyatining o`rni ifodalangan.
Kalit soʻzlar:
Xiva, Ichan qal’a, Tuproqqal’a, Ayozqal’a, Qo‘yqirilganqal’a, me’morchilik, amaliy san’at, yog‘och o‘ymakorligi, koshinkorlik, ganchkorlik, kulolchilik, naqqoshlik, milliy meros.