O‘ZBEKISTON HUDUDIDAGI QADIMGI VA ILK O‘RTA ASRLAR HAYKALTAROSHLIK AN’ANALARI: EVOLYUTSIYA, SINKRETIZM VA PLASTIK TIL
Mualliflar
Sharipova Shahlo Halikulovna
Annotatsiya
Ushbu maqolada O`zbekiston hududida qadimgi va ilk o`rta asrlar davrida shakllangan haykaltaroshlik san`atining tarixiy-nazariy ildizlari, evolyutsion bosqichlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda antik davr va Kushon imperiyasi san`ati, Dalvarzintepa arxeologik yodgorliklaridan topilgan noyob plastik asarlar, Markaziy Osiyoda buddaviylik madaniyati ta`sirida yuzaga kelgan haykaltaroshlik an`analari yoritiladi. Shuningdek, ilk o`rta asrlar Toxariston (Ajinatepa, Qoratepaning so`nggi davrlari), Sug`d va Xorazm monumental plastikasining qiyosiy xususiyatlari ochib berilib, mahalliy badiiy tafakkur va ellinistik madaniyat sintezi natijasida yuzaga kelgan sinkretik plastik tilning rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan.
Kalit soʻzlar:
Qadimgi haykaltaroshlik, ilk o‘rta asrlar, antik davr, Dalvarzintepa, Ajinatepa, Qoratepa, Buddaviylik san’ati, terrakota, plastik til, sinkretizm, Markaziy Osiyo.