GILDAN RANGGACHA: MARKAZIY OSIYO KOSHINKORLIGINING BADIIY-TEXNOLOGIK TARAQQIYOTI
Mualliflar
Lobar Shukurova
Annotatsiya
Markaziy Osiyo me`morchiligida koshinkorlik rang, material, naqsh va texnologiya uyg`unligiga asoslangan muhim amaliy-bezak san`ati turi sifatida shakllangan. Ushbu maqolaning maqsadi koshinkorlikning pishiq g`isht va o`yma terrakotadan sirlangan g`isht, koshinli mozaika hamda mayolikagacha bo`lgan badiiy-texnologik taraqqiyotini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot tarixiy-qiyosiy, badiiy-tahliliy va texnologik yondashuvlarga asoslanib, yozma manbalar, me`moriy yodgorliklar, koshin bezaklariga oid ilmiy adabiyotlar hamda koshinkor va usta-restavratorlar bilan o`tkazilgan suhbat materiallarini qamrab oladi. Tahlil natijalari koshinkorlikning birdaniga shakllangan bezak turi emas, balki g`ishtdan naqshli terish, o`yma terrakota, sirlangan g`isht, koshinli mozaika va mayolika kabi o`zaro bog`liq bosqichlar orqali rivojlanganini ko`rsatadi. Mazkur taraqqiyot jarayonida material va texnologiyadagi o`zgarishlar me`moriy bezakning rang tizimi, kompozitsiyasi va badiiy ifoda imkoniyatlarini kengaytirgan. Sir va rang hosil qilish texnologiyalarining takomillashuvi esa koshinkorlikning me`moriy yuzani tashkil etuvchi yaxlit badiiy tizimga aylanishida muhim omil bo`lgan. Shu jihatdan koshinkorlik Markaziy Osiyo amaliy-bezak san`atida material, texnologiya va badiiy tafakkurning tarixiy rivojini aks ettiruvchi muhim san`at turi sifatida baholanadi.
Kalit soʻzlar:
koshinkorlik, Markaziy Osiyo, me’moriy bezak, o‘yma terrakota, sirlangan g‘isht, koshinli mozaika, mayolika, badiiy-texnologik taraqqiyot.