XORAZM AMALIY BEZAK SAN’ATINING MILLIY O‘ZIGA XOSLIGI VA UNI ZAMONAVIY DIZAYN TA’LIMIDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Mualliflar
Taganov Ravshanbek Otaboyevich, Yaxshiboyeva Sadoqat Umrbek qizi
Annotatsiya
Mazkur maqolada Xorazm amaliy bezak san`atining milliy o`ziga xosligi, tarixiy shakllanish xususiyatlari, naqsh kompozitsiyasi, ranglar uyg`unligi, geometrik va islimiy bezaklarning badiiy-estetik ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, hududning an`anaviy hunarmandchilik namunalari, xususan, yog`och o`ymakorligi, ganchkorlik, naqqoshlik, kulolchilik va kashtachilik an`analarini zamonaviy dizayn ta`limi jarayoniga tatbiq etish imkoniyatlari ko`rib chiqiladi. Milliy badiiy merosni raqamli texnologiyalar, grafik loyihalash, rangshunoslik, kompozitsiya va loyihaviy faoliyat bilan uyg`unlashtirish orqali talabalarning ijodiy tafakkuri, milliy estetik didi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish yo`llari asoslanadi.
Kalit soʻzlar:
Xorazm amaliy bezak san’ati, milliy meros, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, kulolchilik, kashtachilik, milliy naqsh, kompozitsiya, rangshunoslik, zamonaviy dizayn, dizayn ta’limi, raqamli texnologiyalar, ijodiy kompetensiya.