QADIMGI TURKIY RUNIK (O‘RXUN–ENASOY) YOZUVINING O‘ZBEKISTON AMALIY SAN’ATIDA TUTGAN O‘RNI: O‘TMISH, BUGUN VA KELAJAK
Mualliflar
Urunov Toyir Xamitovich
Annotatsiya
Ushbu maqolada qadimgi turkiy runik (O`rxun–Enasoy) yozuvi O`zbekiston amaliy san`ati tarixiga aloqador moddiy manbalar, grafik ifoda xususiyatlari va zamonaviy dizayndagi ijodiy imkoniyatlari nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning manbashunoslik asosini O`rxun yodgorliklariga doir turkologik tadqiqotlar, Farg`ona vodiysidan topilgan qisqa turkiy bitiklar haqidagi arxeologik nashrlar, Unicode standarti va UNESCOning nomoddiy madaniy merosga doir hujjatlari tashkil etadi. Tarixiy-qiyosiy, paleografik tavsif, semiotik hamda grafik-kompozitsion tahlil usullari qo`llanadi. Tahlil O`zbekiston hududidagi ayrim sopol buyumlarga tushirilgan runik belgilarni yozuv va moddiy buyumning bevosita uchrashuvi sifatida, keyingi davrlar naqshlari bilan shakliy o`xshashlikni esa mustaqil isbot talab qiladigan hodisa sifatida baholash zarurligini ko`rsatadi. Maqolada asl bitikning ilmiy nusxasi, uning tushuntirilgan ko`rgazmaviy talqini va zamonaviy ijodiy stilizatsiyasini farqlashga asoslangan uch pog`onali yondashuv taklif etiladi. Sopol, to`qimachilik, dekorativ panel, shrift va raqamli ekspozitsiyada foydalanishning amaliy mezonlari bayon qilinadi. Xulosada yozma merosni saqlash bilan innovatsion dizayn o`rtasida manba, ma`no va estetik yaxlitlikka asoslangan muvozanat zarurligi asoslanadi.
Kalit soʻzlar:
qadimgi turkiy yozuv, O‘rxun–Enasoy, runik bitik, Farg‘ona vodiysi, kulolchilik, epigrafika, amaliy san’at, ornament, semiotika, grafik dizayn, tipografika, madaniy meros.