`Turk dunyosi amaliy bezak san`ati: tarix zamonaviylik va kelajak istiqbollari` mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

TURKIY DUNYODA MAHOBATLI RANGTASVIR AN’ANALARINING O‘ZGARISHI: TARIXIY MEROS, ZAMONAVIY YO‘NALISHLAR VA ISTIQBOLLAR

Mualliflar

Xalilov Ilhomjon Isroiljonovich


Annotatsiya
Ushbu maqolada turkiy dunyoda mahobatli rangtasvir an`analarining tarixiy taraqqiyoti va zamonaviy o`zgarishlari O`zbekiston, Turkiya, Qozog`iston, Ozarbayjon hamda Qirg`iziston san`ati misolida o`rganiladi. Afrasiyob devoriy rasmlari, Toshkent me`moriy muhitidagi mozaikalar, Uzoqboy Qo`shqinboyev ijodi, Shaki xon saroyi bezaklari, Boku metropolitenining «Nizomiy» bekati va Bedri Rahmi Eyüboğlu asarlari qiyosiy tahlil qilinadi. Xalq amaliy bezak san`ati, miniatyura va adabiy merosning mahobatli kompozitsiyalarda qayta talqin etilishiga e`tibor qaratiladi. Milliy badiiy xususiyatlar mavzu va ramzlar bilan birga kompozitsiya, rang munosabatlari, material hamda me`moriy muhit bilan uyg`unlikda namoyon bo`lishi asoslanadi. Mahobatli rangtasvirni rivojlantirishda tarixiy asarlarni saqlash, kasbiy ta`limni takomillashtirish va ijodiy hamkorlikni kengaytirishga doir takliflar bildiriladi.
Kalit soʻzlar:
mahobatli rangtasvir, devoriy rasm, mozaika, turkiy xalqlar san’ati, badiiy meros, milliy an’ana, me’moriy muhit, amaliy bezak san’ati.